in

Toshkentda Navro‘z bayrami ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanadi

Toshkent shahar hokimligi 2026 yilgi Navro‘z bayrami poytaxtning turli joylarida ommaviy va ko‘ngilochar tadbirlar bilan o‘tkazilishini e’lon qildi. Bayram dasturi bir qator asosiy va qo‘shimcha manzillarda tashkil etildi:

Asosiy bayram nuqtalari:

21–22 mart — «O‘zbekiston ovozi» turizm ko‘chasi (bosh markaz)

21–22 mart — Taras Shevchenko gastronomik ko‘chasi

21–23 mart — «Navro‘z» etno bog‘i

21 mart — Al-Xorazmiy turizm ko‘chasi

Qo‘shimcha tadbirlar:

Yunusobod tumani, Galereya majmuasi oldi

Bektimir tumani, «Coca Cola» bog‘i

Mirzo Ulug‘bek tumani, «Central Park»

Sergeli tumani, markaziy xiyobon

Olmazor tumani, Talabalar shahar jasi (Beruniy metrosi yaqinida)

Shayxontohur tumani, «Anhor Lokomotiv» va «Tashkent City» bog‘lari

Uchtepa tumani, «Seul» ekobog‘i

Chilonzor tumani, G‘afur G‘ulom bog‘i

Yakkasaroy tumani, «Next» savdo majmuasi

Yashnobod tumani, «Ashxobod sayilgohi» bog‘i

Yangihayot tumani, «Mehrigiyo» maydoni

Manzillarda bayram ishtirokchilari:

Milliy taomlar va bahor ne’matlarini keng ko‘rish va tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

Sumalak, halim, somsa va an’anaviy palov tayyorlash jarayoni bilan tanishadi;

Taniqli san’atkorlar ishtirokida jonli kontsert dasturlari tashkil etiladi;

Hunarmandchilik ko‘rgazmalari va amaliy san’at namoyishlari o‘tkaziladi;

Milliy o‘yinlar, qiziqarli bellashuvlar va xalq tomoshalari bayramga xos kayfiyat yaratadi.

Shu tariqa, poytaxt aholisi va mehmonlari Navro‘z bayramida milliy an’analar, taomlar va ko‘ngilochar tadbirlar bilan to‘la bayram kunini olib, bahor ruhini to‘liq his qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

O‘zbekiston

» Toshkentda Navro‘z bayrami ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanadi

So’nggi yangiliklar

Ramazon hayiti kuni ob-havo syurpriz qiladi: ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Bugun, 11:59

O'zbekiston hayit namozi vaqtlarini e'lon qildi

Bugun, 11:59

Zuhra Soliyeva: “Farzandli bo‘lish uchun 4 yil kurashdim” (video)

Bugun, 11:00