Toshkentda havo sifati yomonlashmoqda, deb ekologik kuzatuv ma’lumotlari xabar bermoqda. Shaharning ayrim hududlarida havo sifati indeksi (AQI) 250 dan oshgan bo‘lib, bu juda yomon darajani anglatadi.
Shahar bo‘ylab havo sifati:
– Shahar markazi va G‘arbiy Toshkentda AQI 150-180 atrofida – bu zararli daraja.
– Shaharning shimoli va ayrim periferik hududlarida AQI 200-250 – juda yomon daraja.
– Sabzazot va Nazarbek hududlarida AQI 250+ – bu eng yuqori darajadagi xavfli havo sifati hisoblanadi.
Havoning bu holati qanday ta’sir qiladi?
– Havosi yomon bo‘lgan hududlarda ko‘p vaqt ochiq havoda yurmaslik tavsiya qilinadi.
– Nafas yo‘llari kasalligi bor odamlar va bolalar niqob taqishi kerak.
– Havoning ifloslanishi ayniqsa yurak kasalliklari va allergiyasi bor odamlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topd
I
ngizmi