in

Toshkent aeroportida bojxona yonidan ikki milliard so‘mlik taqinchoqlarni olib o‘tishga urinishgan

Toshkentda chegara-bojxona posti xodimlari zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirish va olib chiqishga bo‘lgan bir necha urinishlarning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi holat Toshkent – Olmaota yo‘nalishidagi reysda fuqaroning yuklarini tekshirish vaqtida sodir bo‘lgan. Mutaxassislar rentgen apparati orqali jomadon ichidagi asosga yopishtirilgan tasma ko‘rinishidagi sariq rangli metall buyumlarni aniqlashdi. Erkakning aytishicha, u yukni tanishidan olgan va zargarlik buyumlari borligini bilmagan. Zargarlik buyumlarining og‘irligi 350 g, taxminiy qiymati 549 mln so‘mni tashkil etgan.

Ikkinchi holatda huquq-tartibot idoralari xodimlari Istanbuldan kelgan va “yashil yo‘lak”dan o‘tayotgan yo‘lovchida kontrabandani aniqlashdi. Mutaxassislar kontaktsiz uskuna yordamida tekshiruv o‘tkazish chog‘ida uning ichki kiyimlari va paypoqlaridan umumiy og‘irligi taxminan 710 gramm va taxminiy qiymati 833 million so‘m bo‘lgan zargarlik buyumlarini topdilar.

Yana bir holatda esa turkiyalik yo‘lovchi og‘irligi 803 gramm, narxi 907 mln so‘m bo‘lgan taqinchoqlarni shimining cho‘ntagiga, paypog‘iga solib olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Undan olib qo‘yilgan zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 1 863 grammni, taxminiy qiymati esa 2,289 mlrd so‘mni tashkil etdi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari barcha holatlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

O‘zbekiston

» Toshkent aeroportida bojxona yonidan ikki milliard so‘mlik taqinchoqlarni olib o‘tishga urinishgan

So’nggi yangiliklar

Maykl Kerrikning yanvari oyi Angliyada "shov-shuv"ga to‘ldi…

Bugun, 11:58

Naumov Mourinyo uchun Saudiya chempionatini mos ko'rdi

Bugun, 11:53

Italiyalik erkak 20 ta oltin quymani axlatga tashlab yubordi