O’zbekistondagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida qabul tizimini isloh qilish bo’yicha muhim yangiliklar kutilmoqda. Xususan, kelgusi o’quv yilidan boshlab tibbiyot yo’nalishlarida super-kontrakt tizimini butunlay bekor qilish taklif etilmoqda. Bu o’zgarish abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun katta yengillik yaratishi kutilmoqda.
Shuningdek, ta’lim jarayonida ham yangi tartib joriy etilishi rejalashtirilgan. Unga ko’ra, “umumiy tibbiyot” yo’nalishida 5+1 shaklidagi 6 yillik o’qish tizimi yo’lga qo’yiladi. Bu talabalarning amaliy ko’nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, davlat imtihonlarida o’tish ballari bo’yicha ham yangi talablar belgilanmoqda. Endilikda shifokor mutaxassisliklari uchun minimal o’tish bali 70 foiz, o’rta bo’g’in tibbiyot xodimlari uchun esa 60 foiz etib belgilanishi ko’zda tutilgan. Mazkur choralar tibbiy ta’lim sifatini oshirish va sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» Tibbiyot oliygohlarida super kontrakt bekor qilinishi mumkin
So’nggi yangiliklar
Treyder bir necha kunda million dollarga yaqin foyda qildi
Bugun, 11:52
Real Madrid Mikel Artetani o'z safiga qo'shib olmoqchi
Bugun, 11:50
