in

Sinoptiklar hafta o‘rtasi uchun ogohlantirish berdi

Sinoptiklar hududlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan sel-suv toshqini bo‘yicha ogohlantirish berdi. Joriy yilning 24–25 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida sel-suv toshqini kuzatilishi mumkin.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari) hududlarida xavf yuqori. Namangan viloyatida esa Pop tumanida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilinadi.

Shuningdek, 2026 yilning 26–27 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo harorati o‘zgarishi tufayli respublikaning tog‘li hududlarida, shu jumladan quyidagi tumanlarda ham sel-suv toshqini ehtimoli bor:

– Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida.

– Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida.

– Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida.

– Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida.

– Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari).

– Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilinadi.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

O‘zbekiston

» Sinoptiklar hafta o‘rtasi uchun ogohlantirish berdi

So’nggi yangiliklar

Klaudio Raneri Italiya futbolidagi asosiy muammolarni aytdi

Bugun, 11:57

Laporta PSJ Yamalgа 250 mln yevro taklif qilganini aytdi

Bugun, 11:55

Brentuayt Evertonga gol urishdagi aniqlik yetishmadi dedi