Shvetsiya hududida noqonuniy qolgan 21 nafar O‘zbekiston fuqarosi vataniga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, 11 fevralga o‘tar kechasi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngan maxsus charter reys orqali mazkur fuqarolar mamlakatga olib kelindi. Ular Shvetsiyaga belgilangan kirish qoidalariga rioya qilmagan holda borgan va keyinchalik ushbu davlat hududida migratsiya qonunchiligiga zid tarzda yashab kelgan.
Vatandoshlarni Toshkent aeroportida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa mas’ul idoralar vakillari kutib oldi. Qaytib kelgan fuqarolar vatanga qaytish jarayonida ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak uchun davlat rahbariyati va tegishli tashkilotlarga o‘z minnatdorliklarini bildirdi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» Shvetsiyada migratsiya tartib-qoidalarini buzgan 21 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
So’nggi yangiliklar
Buффon Pio Espozitoni Italiya futbolining yangi umidi deb bildi
Bugun, 12:00
Balde La Ligada chap qanot himoyachilar orasida eng ishonchli
Bugun, 11:58
UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun yangi toʻpni tanishtirdi
