4 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda so‘nggi kunlarda Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat tobora keskinlashayotgani, nizo va ziddiyatlar avj olayotgani jiddiy tashvish uyg‘otayotgani qayd etildi.
Tomonlar muqaddas Ramazon oyida kuzatilayotgan bunday noxush holatlar xalqaro huquq tamoyillariga zid ekanini ta’kidladi. Shuningdek, tinchlik-osoyishtalikka tahdid solayotgan har qanday harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish zarurligi alohida urg‘ulandi.
Davlat rahbari ushbu murakkab damlarda O‘zbekistonning strategik sherigi va yaqin hamkori bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyati va xalqi bilan birdam ekanini bildirdi. Shuningdek, ayni paytda ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak, ularni Vataniga qaytarish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar uchun minnatdorlik izhor etdi.
O‘z navbatida, Amirliklar yetakchisi O‘zbekiston Prezidentining samimiy qo‘llab-quvvatlashi, birodarlik hurmati va hamjihatlik ruhi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» Shavkat Mirziyoyev va BAA Prezidenti mintaqadagi keskinlikni muhokama qildi
So’nggi yangiliklar
Putin vengriyalik asirlarni ozod qilib, Budapeshtga sovg‘a qildi
Bugun, 10:53
Ikki o‘zbek grossmeysteri nufuzli turnirga maxsus taklif oldi
Bugun, 10:36
