Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Parij shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Samolyot oldida O‘zbekiston yetakchisini Fransiya milliy ta’lim, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Elizabet Born, Parij harbiy okrugi qo‘mondoni general Loik Mizon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
«Orli» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida Fransiyada o‘qiyotgan, ishlayotgan va ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh vatandoshlar prezident Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib oldi. Davlat rahbari ular bilan samimiy suhbatlashdi, o‘qish va izlanishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 12 mart kuniga mo‘ljallangan.
Dasturga muvofiq, Yelisey saroyida oliy darajadagi O‘zbekiston-Fransiya muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev YUNЕSKO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuv hamda Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan davra suhbati o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti sifatida bundan oldin ikki marotaba Fransiyaga tashrif buyurgan. Birinchi marta 2018 yilda rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga borgan edi. 2022 yilda ham davlat rahbari Emmanuel Makronning taklifiga ko‘ra Fransiyaga tashrif buyurgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Fuqaro o‘zi nomiga kredit rasmiylashtirishga taqiqni qanday o‘rnatishi mumkin?
15:04, 7-03-2025
Namanganda xonadon 3,2 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagani aniqlandi