in

Samarqandda metro qurilishi boshlanishi mumkin

Avval xabar berganimizdek, Samarqandning hududi kengaydirildi. Shahar yaqin atrofdagi tumanlar hisobiga yangi hududlarga ega boʻladi.

Hudud kengayishi bilan birga shaharda qator islohotlar amalga oshirilishi kutilmoqda. Ushbu islohotlar asosan shaharning infratuzilmasini yaxshilashga qaratiladi.

Ma’lumotlarga koʻra, hududda 112 kilometr ichki yoʻllar, piyoda va velosiped yoʻlaklari, 6 kilometr er usti metropoliteni, 2 ta yirik koʻprik va 7,2 kilometr ichki kommunikatsiya tunnellari, 180 kilometr sugʻorish quvurlari, 14 kilometr kanallar va boshqa koʻplab irrigatsiya inshootlari qurilishi rejalashtirilgan.