Muborak Ramazon oyi arafasida poytaxt tumanlarida aholini arzonroq va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida maxsus yarmarkalar ish boshladi. Tashkilotchilarning niyati oddiy: odamlar kundalik xaridni “qimmatchilik stressisiz” qilishi, bozorlarda esa narx-navo sun’iy ravishda shishirilib ketmasligi.
Yarmarkalar dehqon bozorlari va yirik savdo nuqtalarida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu tashabbus prezident topshiriqlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgani ham qayd etilgan.
Yarmarkalar manzillari
Yashnobod tumani — «Aviasozlar» dehqon bozori
Yakkasaroy tumani — «Askiya» dehqon bozori
Chilonzor tumani — Chilonzor dehqon bozori
Mirobod tumani — Mirobod dehqon bozori
Mirzo Ulug‘bek tumani — «Navro‘z» dehqon bozori
Yunusobod tumani — «Oloy» dehqon bozori va Yunusobod dehqon bozori
Sergeli tumani — Sergeli dehqon bozori
Uchtepa tumani — «Farhod» dehqon bozori
Shayxontohur tumani — «Eski Juva» dehqon bozori
Bektemir tumani — «Qo‘yliq» dehqon bozori
Olmazor tumani — «Qoraqamish» dehqon bozori
Ma’lum qilinishicha, yarmarkalar Ramazon oyi davomida aholini asosiy mahsulotlar bilan barqaror ta’minlashga xizmat qiladi. Ya’ni, hozir “qaysi bozorga borsam ekan?” degan savolga javob tayyor — o‘z tumaningizdagi dehqon bozoriga kirib chiqsangiz bo‘ldi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» Ramazonda Toshkentda arzon oziq-ovqat yarmarkalari boshlandi
So’nggi yangiliklar
"Borussiya D" o‘z uyida "Atalanta"ni qanday mag‘lubiyatga uchratdi? (video)
Bugun, 11:29
Nyu-Yorkdagi cherkovda portlash: hodisa tafsilotlari ochiqlandi
Bugun, 11:26
Rayo muxlislari Vallecas stadionidan voz kechishni istamayapti
