in

Ramazon hayiti kuni ob-havo syurpriz qiladi: ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ramazon hayiti kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo barqaror emas — ayrim hududlarda yomg‘ir kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

Toshkent shahrida osmon bulutli bo‘lib turadi. Kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan sharqqa o‘zgarib, 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–9 daraja, kunduzi 17–19 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Osmon o‘zgaruvchan bo‘lib, shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi 17–22 darajagacha ko‘tariladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham quruq ob-havo hukm suradi. Shamol sharqiy yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda esib, harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 17–22 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent viloyatida esa kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 15–20 daraja atrofida bo‘ladi.

Jizzax va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 15–20 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Sirdaryo viloyatida asosan quruq va o‘zgaruvchan ob-havo saqlanadi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, harorat 15–20 darajagacha iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 17–22 darajagacha yetadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona vodiysida esa kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi havo ochilib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa ob-havo ancha noqulay bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Shuningdek, sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi xavfi ham bor.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

O‘zbekiston

» Ramazon hayiti kuni ob-havo syurpriz qiladi: ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

So’nggi yangiliklar

Zuhra Soliyeva: “Farzandli bo‘lish uchun 4 yil kurashdim” (video)

Bugun, 11:00

Tramp ko'proq qo'shin yuborishni ko'rib chiqmoqda

Bugun, 10:49

Maftuna Xolmurodova to‘ylardan bir oyda qancha topishini ma'lum qildi (video)

Bugun, 10:48