in

Qo‘shiq kuylagan 4-sinf o‘quvchisiga Prezident avtomobil sovg‘a qildi

24 fevral kuni Shavkat Mirziyoev rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda kutilmagan, ammo yoqimli lahza kuzatildi. Yig‘ilishda ishtirok etgan 4-sinf o‘quvchisi qo‘shiq kuylab berganidan so‘ng unga avtomobil sovg‘a qilinishi aytildi. Bu haqda jurnalist Aziza Qurbomova ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Otamurod ismli bola Komiljon Otaniyozovning qo‘shig‘ini kuylashini bildirgan. Prezident esa hazil aralash tarzda “Otajon Xudoyshukurov repertuaridan ham bo‘lsin”, deya kuldirgan. Shu suhbatdan keyin davlat rahbari o‘quvchiga mashina sovg‘a qilinishini aytgan.

Yig‘ilishda asosiy mavzu yoshlar bandligi bo‘ldi. Qayd etilishicha, har yili 600 ming yosh mehnat bozoriga kirib kelayapti, 2030 yilga borib bu ko‘rsatkich 1 millionga yetishi mumkin. Prezident yoshlar o‘zini topishi, o‘ziga mos ishga joylashishi uchun sharoit yaratish eng dolzarb masala ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijasiga ko‘ra, ularning uchdan biri tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan. O‘tgan yili yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga 400 million dollar ajratilgan. “Yoshlar biznesi” va “Kelajakka qadam” dasturlari orqali 15 ming nafar yosh o‘z ishini boshlagan, natijada 50 ming odam ish bilan ta’minlangani aytildi.

Yig‘ilishda yana bir muhim yangilik ham e’lon qilindi: yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratiladi. Bundan tashqari, yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard so‘mgacha kredit berish (hozir 5 milliard so‘mgacha) rejalashtirilayotgani, innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat berilishi ham ma’lum qilindi.

Qisqasi, yig‘ilishda raqamlar ham, qarorlar ham ko‘p bo‘ldi. Lekin ko‘pchilikning yodida qolgani — qo‘shiq aytgan bolaning qalbiga quvonch solgan o‘sha sovg‘a bo‘ldi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

O‘zbekiston

» Qo‘shiq kuylagan 4-sinf o‘quvchisiga Prezident avtomobil sovg‘a qildi

So’nggi yangiliklar

"Strandja" turnirida bugun to‘qqiz nafar bokschimiz ringga chiqadi

Bugun, 11:59

Bu tajovuzkor siz kutgan hammasidan ham oshadi, dedi Buffon

Bugun, 11:55

Bavariya Lennart Karl maoshini to'rt baravar oshirmoqchi