A–373 «Toshkent–O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida joylashgan, xususan yo‘lning 151-kilometridagi “Qor City” hamda “Qor Saroy” mavsumiy ko‘ngilochar dam olish maskanlari hududida kuchli qor yog‘ishi kuzatilmoqda. Mavjud ob-havo sharoiti tufayli ushbu hududlarda qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, shuningdek, ehtimoliy favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida mazkur dam olish maskanlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Qayd etilishicha, ob-havo sharoiti barqarorlashib, xavf darajasi kamayganidan so‘ng ushbu ko‘ngilochar maskanlar faoliyati qayta tiklanadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» Qamchiq dovonida qor sabab ikki dam olish maskani yopildi
So’nggi yangiliklar
Olimlar dorilarsiz qon bosimini qanday tushirish usulini topdi
Bugun, 22:29
Fabio Kannavaro: "Mundialda faqatgina yutamiz, hech narsa yo‘qotmaymiz"
Bugun, 22:26
