in

“O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” 7 aprel, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida

havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechasi yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida

havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida

havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Toshkent viloyatida

havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida

havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida

havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida

havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida

havo bir oz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 6—7 aprel kunlari sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. 6—8 aprelda Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor.

Ctrl

Enter

Xato topd

I

ngizmi

Iborani ajratib

Ctrl+Enter

tugmasini bosing

setTimeout(() => { fetch(‘/api/update-view.php?id=147515’, { method: ‘GET’ }) .catch(() => {}); }, 1000);