in

O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida 14 oktyabr kuni yomg‘ir yog‘adi

“O‘zgidromet” 14 oktyabr, dushanba kuni kuzatiladigan

ob-havo

to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida

havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +10…+12 daraja, kunduzi +15…+17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0…+5 daraja iliq, ba’zi joylarda 0… –2 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +5…+10 daraja, kunduzi +13…+18 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +8…+13 daraja, kunduzi +15…+20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +1…+15 daraja, kunduzi +20…+25 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +1…15 daraja, kunduzi +20…+25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +10…+15 daraja, kunduzi +15…+20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +5…+10 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zbekiston

,

Ob-havo

,

Yomg‘ir

,

Kuz

,

Oktyabr

,

Samarqand