O‘zbekiston Migratsiya agentligi Rossiyada ishlash uchun patent olishga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradigan onlayn platformani taqdim etdi, deb Podrobno.uz xabar berdi.
Rossiya
talablari bo‘yicha mehnat migrantlari rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha bilimlarini tasdiqlashi lozim. Agentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yangi veb-sayt
imtihon
topshiruvchilar uchun bepul sinov testlarini o‘tkazish imkonini beradi.
Sinov imtihonidan bepul o‘tish uchun ushbu havolaga kirish mumkin: https://test.xorijdaish.uz/.
Platformada turli formatdagi savollar mavjud: audio savollar, o‘qish va grammatika testlari, shuningdek, Rossiya tarixi va qonunchiligiga oid savollar. Jami yettita test variantlari taklif etilgan bo‘lib, ularni tugatgach, foydalanuvchilar o‘z javoblarini tekshirishi mumkin.
Bu imkoniyat imtihonga tayyorlanayotgan fuqarolarga o‘z bilimlarini baholash va muvaffaqiyatli topshirish ehtimolini oshirishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda mehnat migrantlari uchun rus tili bo‘yicha sertifikatlash markazi tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
//