O‘zbekistonda xurmoga bo‘lgan talab yil sayin oshib boryapti, raqamlar ham shuni ko‘rsatdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil davomida mamlakatga 19 ta davlatdan jami 13 983 tonna arab xurmosi olib kirilgan. Importning umumiy qiymati 10,3 mln AQSH dollarini tashkil etgan.
E’tiborli jihati — hajm o‘tgan yilga nisbatan 3,4 ming tonnaga ko‘paygan. Ya’ni bozorda “xurmo mavsumi” endi faqat Ramazon atrofida emas, deyarli yil bo‘yi his qilina boshlayapti.
2025 yilda O‘zbekistonga eng ko‘p arab xurmosi yetkazib bergan davlatlar quyidagicha:
Eron — 11 ming tonna
Tunis — 809,6 tonna
Turkiya — 416 tonna
Saudiya Arabistoni — 327,9 tonna
Qozog‘iston — 229 tonna
Ozarbayjon — 223,5 tonna
BAA — 216,9 tonna
boshqa davlatlar — 768,7 tonna
Bozordagi narxlar ham ancha “qiziq”: 2026 yilda O‘zbekiston bozorlarida 1 kilo arab xurmosi navi va sifatiga qarab taxminan 35 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha sotilyapti.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» O‘zbekistonga qancha arab xurmosi eksport qilindi?
So’nggi yangiliklar
21 fevralda tog‘oldi hududlarda sel xavfi kuchayishi ma’lum qilindi
Bugun, 11:55
Mali terma jamoasi Rossiyaga barcha yulduzlarini olib keladi
Bugun, 11:48
Fransiyada Golovinning qizil kartochkasi bo'yicha qaror chiqdi
