Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, 14-16 dekabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab harorat yana keskin tushib ketadi.
Mamlakat shimolida
14 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat:
– 14 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq;
– 15 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq;
– 16 dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.
Markaziy viloyatlarda
(Samarqand, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo) harorat:
– 14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq;
– 15 dekabrda kechasi 0-5° iliq bo‘ladi, kunduzi 3° sovuqqacha pasayadi;
– 16 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
Janubiy viloyatlarda
harorat:
– 14 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduz 9-14° iliq;
– 15 dekabrda kechasi 2-7° iliq bo‘ladi, kunduzi 0-2° sovuqqacha pasayadi;
– 16 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq 2° iliq bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysida
harorat:
– 14 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq;
– 15 dekabrda kechasi 0-5° iliq bo‘ladi, kunduzi 2° sovuqqacha pasayadi;
– 16 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda -17 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilyapti.