in

O‘zbekistonda limon narxi oshishi mumkin

2025-yil 8-apreldan boshlab

Turkiya

limon eksportini vaqtincha to‘xtatdi, deb yozmoqda nova24.uz. Ushbu qaror mamlakat ichki bozorini sovuq havo sabab yuzaga kelgan ehtiyoj ortishidan himoya qilish maqsadida qabul qilingan.

So‘nggi kunlarda Adana, Mersin va Xatay viloyatlarida sovuq ob-havo kuzatildi. Shu sabab Turkiyaning Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi limon eksportini to‘xtatish qarorini chiqardi. Zarurat bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ham ko‘riladi.

O‘zbekiston 2024-yilda 16,5 ming tonna limon import qilgan, shundan 10 024 tonnasi Turkiyadan olib kelingan. Xitoy (4 106 tonna) va Tojikiston (1 230 tonna) keyingi o‘rinlarda.

Qolgan yetkazib beruvchilar:

Eron – 499 tonna

Argentina – 382 tonna

Boshqa davlatlar – 235 tonna

Umuman olganda, Turkiya 2024-yilda 1,639 mln tonna sitrus mevalar eksport qilgan. Yirik xaridorlar:

Rossiya

– 375 mln dollar

Iroq – 197 mln dollar

Ukraina

– 108 mln dollar

Ruminiya – 49 mln dollar

Polsha – 48 mln dollar

Ctrl

Enter

Xato topd

I

ngizmi