O‘zbekistonda ijara munosabatlarini butunlay yangi bosqichga olib chiqadigan qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat mamlakatdagi ijara amaliyotini zamonaviy, ochiq va raqobatga asoslangan tizimga aylantirishni maqsad qiladi. Yangi qonun 2027-yil 1-yanvardan kuchga kirishi kutilmoqda va u hozirgi amaldagi qoidalarni tubdan yangilaydi.
Loyihada ijara tushunchasi, ijara munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlar va ijara obyektlari aniq va tushunarli tarzda belgilab berilgan. Mulkni ijaraga berishda qonuniylik va ochiqlik, teng raqobat muhiti, ishonchli munosabat, ekologik xavfsizlik kabi ustuvor tamoyillar alohida ta’kidlangan.
Eng muhim yangiliklardan biri – davlat va xususiy mulkni ijaraga berishda elektron platformalar orqali shaffoflikni ta’minlashdir. Davlat mulkini ijaraga berish jarayoni endilikda vakolatli organlar, elektron onlayn-auksionlar va E-ijara axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu amaliyot korrupsiya xavfini kamaytiradi, raqobatni oshiradi hamda mol-mulk taqsimotining adolatli kechishini ta’minlaydi.
Qonun loyihasida bir qator davlat idoralarining vazifalari aniq ko‘rsatilgan: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi maxsus markaz, Soliq qo‘mitasi va Kadastr agentligi ijara munosabatlari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida ish olib boradi.
Shuningdek, mulk ijarasi shartnomalarini tuzish, ularning amal qilish muddati, ijara haqi, tomonlarning majburiyatlari, shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish tartibi batafsil bayon etilgan. Ayrim hollarda ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyligi belgilanib, ijara haqini asossiz ravishda oshirish taqiqlangan.
Yangi qonun loyihasi ijaraning turli sohalardagi qoidalarini ham aniq belgilaydi:
— yer uchastkalarini ijaraga berish;
— davlat mulkini ijaraga topshirish;
— madaniy meros obyektlaridan foydalanish;
— suv resurslari va havzalarini ijara asosida berish;
— davlat ishtirokidagi korxonalar mulkidan foydalanish tartibi;
— nodavlat tashkilotlari mulki va ko‘p qavatli uylardag umumiy mulk ijarasi.
Shu bilan birga, 1991-yilda qabul qilingan «Ijara to‘g‘risida»gi qonun va unga bog‘liq qator hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi belgilanmoqda. Yangi qonunni amalda joriy etish va uning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish vazifasi Adliya vazirligi va manfaatdor idoralarga yuklatilishi mumkin.
O‘zbekistonda ijara tizimi yangi qonuniy asosda shakllanishi ortidan bozordagi tartib, shaffoflik va ishonch yanada mustahkamlanishi kutilmoqda. Bu esa ham fuqarolar, ham biznes uchun ko‘proq imkoniyat yaratadi.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=”+new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
