O’zgidromet Toshkent shahrida havo sifatining keskin yomonlashishi sabablarini ochiqladi, deb uznews.uz xabar berdi. Joriy yilning 1-mart kuni poytaxt havo ifloslanishi bo’yicha dunyo reytingida yana yetakchi o’ringa chiqdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu holat mintaqaga kirib kelgan sovuq havo oqimi va kunduzi hamda kechasi o’rtasidagi haroratning keskin farqi (kechasi +3…+5, kunduzi +11…+15 daraja) bilan bog’liq.
Bunday meteorologik sharoit yer yuzasiga yaqin qatlamlarda havo almashinuvini sekinlashtirib, havo ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishiga to’sqinlik qilgan. Natijada atmosferada PM2.5 va PM10 mayda zarrachalarining konsentratsiyasi ortib ketgan. Biroq sinoptiklar ertaga kutilayotgan yog’ingarchilik havo sifatining yaxshilanishiga xizmat qilishini prognoz qilmoqdalar.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» Toshkent havosi ifloslanishining asosiy sababi ma’lum qilindi
So’nggi yangiliklar
Andijonda chegarada yashirilgan oltin quymalari bilan ayollar ushlandi
Bugun, 11:48
AQSH va Isroil Eronning "yangi taktika"si qarshisida qiyin ahvolda…
Bugun, 11:42
