O‘zbekiston xomashyo bozorida AI-92 benzini qiymati qisqa vaqt ichida sezilarli ravishda oshgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi (O‘zRTXB) tomonidan taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotlarda qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha, AI-92 markali benzin narxi bir kun davomida 7,4 foizga ko‘tarilib, bir tonnasi 12,72 million so‘mgacha yetgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, narxning bunday o‘sishi savdo hajmining keskin kamayishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. Bozordagi taqchillik va narx dinamikasi tufayli birjada sotilgan hamda ro‘yxatdan o‘tgan benzin miqdori ikki baravardan ortiqqa qisqargan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 13 mart kuni bozorda jami 3784 tonna benzin sotilgan bo‘lsa, 10 mart kuni bu ko‘rsatkich atigi 1835 tonnani tashkil etgan.
Iqtisodchi Otabek Bakirov esa o‘zining Telegram dagi kanali orqali yoqilg‘i bozoridagi hozirgi vaziyat yuzasidan tanqidiy munosabat bildirib, quyidagi fikrlarni yozib qoldirgan.
“Biz bunga tayyor edik, bu holatni oldindan taxmin qilgandik: benzin qiymati keskin qimmatlashdi. Bayramdan keyingi dastlabki birja savdolarida 92 toifadagi benzin tonnasi 878,9 ming so‘mga yoki 7,4 foizga oshib, 12,7 million so‘mdan yuqori ko‘rsatkichga yetdi.
Avval ham ko‘p bor ta’kidlanganidek va taxmin qilinganidek, neft narxining ko‘tarilishi oligarxiya hamda monopolistlar uchun yana bir qulay bahonaga aylandi. Buning ustiga metan zapravkalar qachon qayta ochilishi haqida ham aniq ma’lumot berilmasdan yopib qo‘yilgan”, — deb yozgan u.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» O‘zbekistonda AI-92 benzin narxi bir kunda keskin ko‘tarildi
So’nggi yangiliklar
Moskvadagi “Viktoriya” mukofoti yulduzlarni birlashtirdi
Bugun, 08:53
Malika Ravshanova sun’iy intellekt yordamida klip yaratishga munosabat bildirdi
Bugun, 08:51
Tramp g‘alaba haqida gapirdi: Eronning haqiqiy kuchi sirligicha qolmoqda
Bugun, 08:29
