O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Buxoro shahridagi tarixiy va madaniy yodgorliklarni ziyorat qilishdi, shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qildilar.
Ushbu tashrif chog‘ida rahbarlar Bahouddin Naqshband va Somoniylar maqbaralarini hurmat bilan ziyorat qilib, qadimiy obidalar ruhini his qilishdi.
Shuningdek, ikki davlat yetakchilari Buxoroning boshqa tarixiy va me’moriy yodgorliklarini ham o‘z ko‘zi bilan kuzatib, shaharning madaniy boyliklarini yaqindan tanishdilar. Bu sayr va ziyorat ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Rahbarlar birgalikdagi sayr davomida Buxoroning qadimiy ko‘chalari, me’moriy ansambllari va diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishib, o‘zaro samimiy muloqot olib bordilar.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari Buxoroning tarixiy yodgorliklarni ziyorat qildi (video)
So’nggi yangiliklar
Eldor Shomurodovning “Roma”dagi joyini Muhammad Saloh egallaydimi?
Bugun, 11:33
O‘zbek futboli — dunyo nigohida yoxud Tim Spirsning zamin.uz‘ga savollari
Bugun, 11:16
Turkiyada to‘y bo‘ldi, endi O‘zbekistonda qachon? Emre javob berdi
Bugun, 11:06
