in

O‘zbekiston tomonidan Eronga yordam yetkazib berildi

O‘zbekiston hukumati tomonidan Eron xalqiga insonparvarlik yordami yetkazib berildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rasman xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, gumanitar yuk tarkibiga oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, un, guruch, shakar, makaron turlari, kungaboqar yog‘i, turli konservalar, shuningdek, dori-darmon vositalari va tibbiy anjomlar kiritilgan bo‘lib, ular Eron tomoniga yetkazilgan.

Insonparvarlik yukini qabul qilish marosimida Daregaz shahri hokimi Mujtabo Bazmara, Eron Tashqi ishlar vazirligining Xuroson-Razaviy viloyatidagi vakolatxonasi rahbari, vazir maslahatchisi Ali Masumifar, shuningdek, Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mujtabo Ruzbehani ishtirok etdi.

Tadbir davomida mutasaddi rasmiylar O‘zbekiston Prezidentiga insonparvarlik yordami uchun hamda Eron xalqiga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun samimiy minnatdorlik izhor etishdi.

Shuningdek, mazkur tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash an’analarining yorqin namunasi ekani alohida ta’kidlandi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

O‘zbekiston

» O‘zbekiston tomonidan Eronga yordam yetkazib berildi

So’nggi yangiliklar

O'zbekiston fuqarosi og'ir ahvolda qolmoqda

Bugun, 11:31

Rossiya hududlari tungi hujumlar bo'lganini bildirdi

Bugun, 11:21

"Manchester Siti" – "Real" javob uchrashuvi uchun taxminiy tarkiblar…

Bugun, 11:17