O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari orasida eng yaxshi sayohat yo‘nalishi deb topildi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
“Russian traveler Awards 2024” milliy turizm mukofotining ekspert hakamlar hay’ati tanlovi natijasiga ko‘ra O‘zbekiston “MDHda turizm” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
Taqdirlash marosimida Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, mukofot Rossiyaning “Russian traveler” jurnali tomonidan tashkil etilgan. Nashr sayohat g‘oyalari, ekspert maslahatlari va jonli fotosuratlar bilan maqolalarni taklif etadi. Jurnalning birinchi soni 2022 yilda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida taqdim etilgan.
Jurnal Rossiyadagi eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari, mehmonxonalar, kruizlar va turizmning boshqa jihatlarini e’tirof etuvchi har yili “Russian traveler” mukofotlarini ham tashkil qiladi.
Shu yilning iyulida jurnalning O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Sharq ertagi” (Uzbekistan – Vostochnaya skazka) nomli maxsus soni chop etilgan.
Mavzuga oid yangiliklar