in

O'zbekiston bo'ylab bugungi ob-havo ma'lumoti

Bugun O’zbekiston hududlarida ob-havo o’zgaruvchan bo’lishi kutilmoqda. Xususan, Qoraqalpog’iston Respublikasida kunduzi, Farg’ona vodiysi viloyatlarida esa ertalabki soatlarda yomg’ir yog’adi. Kun davomida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarining ayrim hududlarida kechga tomon yog’ingarchilik kuzatilishi mumkin. Mamlakatning qolgan hududlarida esa yog’ingarchilik kutilmaydi, biroq ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi sekundiga 7 dan 12 metrgacha yetadi, havo harorati esa 10 dan 15 daraja iliq atrofida bo’ladi.

Poytaxtimiz Toshkentda kun davomida yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun biroz yomg’ir yog’ishi ehtimoli bor. Ertalabki soatlarda tuman tushishi kuzatiladi. Shamol 3 dan 8 metr sekund tezlikda esadi, harorat 11 dan 13 daraja iliq bo’ladi.

Tog’li va tog’ oldi hududlarda vaziyat biroz boshqacha. Bu yerlarda vaqti-vaqti bilan yomg’ir va qor yog’ishi kutilmoqda. Shuningdek, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Mutaxassislar tog’li hududlarda qor ko’chishi xavfi borligidan ogohlantirmoqda. Shuningdek, yog’ingarchiliklar tufayli sel va suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog’li hududlarda shamol tezligi 7 dan 12 metr sekundgacha yetib, havo harorati 3 dan 8 daraja iliq bo’lishi prognoz qilinmoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

O‘zbekiston

» O’zbekiston bo’ylab bugungi ob-havo ma’lumoti

So’nggi yangiliklar

Real Madrid Mikel Artetani o'z safiga qo'shib olmoqchi

Bugun, 11:50

Ukraina prezidenti yordamni to'sayotgan siyosatchiga tahdid qildi

Bugun, 11:47