Oʻzbekistonning turli shaharlaridan qoʻshni davlatlarga yangi xalqaro avtobus qatnovlari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Yangi qatnovlar quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
Qozogʻistonga:
Buxoro — Turkiston;
Urganch — Aktau;
Fargʻona — Olmaota (Tojikiston orqali).
Tojikistonga:
Samarqand — Dushanbe;
Buxoro — Dushanbe.
Qirgʻizistonga:
Andijon — Oʻsh;
Andijon — Jalolobod;
Andijon — Arslanbob;
Kosonsoy — Jalolobod;
Buxoro — Bishkek.
Rossiyaga:
Surxondaryo — Buxoro — Urganch — Nukus — Moskva;
Urganch — Nukus — Ufa;
Nukus — Krasnodar;
Toshkent — Ufa;
Toshkent — Krasnodar.
Xitoyga:
Nukus — Urganch — Buxoro — Urumchi.
Transport vazirligi muntazam xalqaro yoʻnalishlarda qatnovlarni amalga oshirish istagidagi mahalliy va xorijiy tashuvchilarga hamkorlik taklif qilmoqda. Ushbu yoʻnalishlar paritet qatnovlari asosida tashkil etiladi.
Mavzuga oid yangiliklar