in

Oʻzbekistonda eng koʻp talabaga ega oliygoh qaysi?

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda jami 208 ta oliy taʼlim muassasasi (OTM) faoliyat yuritmoqda. Ularning 108 tasi davlat, 30 tasi xorijiy, 70 tasi nodavlat OTM hisoblanadi.

Talabalar soni boʻyicha maʼlumotlar:

Davlat OTMlarida – 995 551 talaba

Nodavlat OTMlarida – 515 634 talaba

Davlat grantida – 173 788 talaba

Kontrakt asosida – 1 377 384 talaba

Eng koʻp talabaga ega OTMlar:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 47 140 talaba

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti – 35 666 talaba

Oʻzbekiston Milliy universiteti – 34 450 talaba

ISFT instituti – 29 561 talaba

Toshkent amaliy fanlar universiteti – 28 345 talaba

Qoʻshimcha maʼlumotlar stat.edu.uz saytida mavjud.

Mavzuga oid yangiliklar

//