in

Oʻzbekiston xususiy bogʻchalar narxi boʻyicha dunyoda nechanchi oʻrinda?

Numbeo nashri maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil 7-mart holatiga koʻra, Oʻzbekistonda xususiy bolalar bogʻchasining bir nafar bola uchun toʻliq kunlik oylik toʻlovi oʻrtacha 295,3

AQSh

dollarini tashkil etadi. Ushbu koʻrsatkich boʻyicha Oʻzbekiston 127 mamlakat orasida 62-oʻrinni egallagan.

MDH davlatlarida xususiy bogʻcha narxi (Oʻzbekistonga nisbatan arzonroq):

Rossiya

– 262,9 AQSh dollari

Ozarbayjon – 242,2 AQSh dollari

Qozogʻiston – 240,6 AQSh dollari

Qirgʻiziston – 190,3 AQSh dollari

Tojikiston – 104,3 AQSh dollari

Oʻzbekistonga nisbatan qimmatroq boʻlgan davlatlar:

Ukraina

– 296,9 AQSh dollari

Belarus – 299,3 AQSh dollari

Armaniston – 306,9 AQSh dollari

Moldova – 372,3 AQSh dollari

Dunyoda eng qimmat xususiy bolalar bogʻchalari Shveytsariya, Niderlandiya va Buyuk Britaniyada, eng arzonlari esa Bangladesh, Shri-Lanka va Pokistonda joylashgan.

Mavzuga oid yangiliklar

//