Toshkent shahri Chilonzor tumanida narkokurerlar faoliyatini to‘xtatgan profilaktika inspektori kapitan Laziz Abdukarimovga xizmatdagi jasorati uchun muddatidan oldin mayor unvoni berildi. Bu haqda Jamoat xavfsizligi departamenti xabar berdi.
Hodisa “Xavfsiz va sog‘lom mamlakat” oyligi hamda hududlarda xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida sodir bo‘lgan. 13 mart kuni Xirmontepa mahallasi profilaktika inspektori Laziz Abdukarimov ko‘chada yurgan ikki nafar gumonlanuvchini to‘xtatgan.
Gumonlanuvchilar xodimning qonuniy talabiga bo‘ysunmay qochishga uringan, biroq profilaktika inspektori ulardan birini quvib yetib, qo‘lga olgan. Tekshiruv davomida uning yonidagi sumkasidan 59 dona zip-paketga solingan 295 dona pregabalin topilgan.
Tezkor surishtiruvda aniqlanishicha, qo‘lga olingan shaxs hududdagi bir nechta joylarga dori vositalarini yashirib, geolokatsiya orqali belgilab ketgan. Shuningdek, gumonlanuvchining sherigi Shayxontohur tumanida ushlanib, uning yonidan tarqatish uchun tayyorlangan 35 dona kuchli ta’sir qiluvchi kapsulalar topilgan.
Kapitan Laziz Abdukarimovning jasorati va qiyin vaziyatdagi qat’iy harakatlari inobatga olinib, Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan unga muddatidan oldin mayor unvoni berildi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» Narkokuryerlarni ushlagan inspektorga Toshkentda mayor unvoni berildi
So’nggi yangiliklar
Hafta davomida qayerlarda yomg‘ir yog‘ishi ma’lum bo‘ldi
Bugun, 12:02
Osiyoning eng qimmat futbolchilari reytingida Husanov yetakchilik qilmoqda
Bugun, 11:58
Bugun ham metan “zapravka”lari cheklangan rejimda ishlaydi
Bugun, 11:53
