in

Mart oyida ob-havo keskin sovib, qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekiston hududiga joriy yilning 9-12-mart kunlari sovuq va nam havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Sinoptiklar xabariga ko‘ra, ushbu kunlarda respublika bo‘ylab ob-havo sharoiti keskin o‘zgaradi. Xususan, 9-11-mart oralig‘ida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, ayrim hududlarda esa u qorga aylanishi prognoz qilinmoqda. Ayniqsa, tog‘li va tog‘ oldi hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.

Ob-havoning yomonlashishi shamol tezligining oshishi bilan ham kuzatiladi. Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi sekundiga 15-20 metrga, ba’zi hududlarda esa 22-25 metrgacha yetishi mumkin. Bu esa aholidan ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Havo harorati 10-12-mart kunlari sezilarli darajada pasayadi. Shimoliy hududlarda kechalari 7-10 daraja sovuq, kunduz kunlari esa 0-3 daraja sovuq kuzatiladi. Qolgan hududlarda esa 11-12-mart kunlari harorat kechasi 0-3 daraja sovuqqacha, kunduzi esa 2-5 daraja iliqqacha tushishi kutilmoqda. Fuqarolardan ob-havo o‘zgarishlarini inobatga olib, harakatlanish va kiyinishda ehtiyotkor bo‘lish so‘raladi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

O‘zbekiston

» Mart oyida ob-havo keskin sovib, qor yog‘ishi kutilmoqda

So’nggi yangiliklar

Real Madrid Mikel Artetani o'z safiga qo'shib olmoqchi

Bugun, 11:50

Ukraina prezidenti yordamni to'sayotgan siyosatchiga tahdid qildi

Bugun, 11:47