in

Kiberjinoyatlar avj olmoqda: jazo choralarini kuchaytirish taklif etildi

12 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kiberjinoyatlar va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda raqamli makonda sodir etilayotgan jinoyatlar ko‘lami so‘nggi yillarda jiddiy ravishda oshib borayotgani qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi olti yil davomida kiberjinoyatlar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar soni 48 baravarga oshgan. Ayniqsa, o‘tgan yil statistikasi bu sohadagi xavf tobora kuchayib borayotganini ko‘rsatmoqda. Jumladan, sodir etilgan firibgarlik jinoyatlarining 82 foizi, o‘g‘irlik jinoyatlarining esa 76 foizi aynan kibermakon orqali amalga oshirilgan. Bu kabi noqonuniy harakatlar natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan umumiy moddiy zarar 2 trillion so‘mdan oshib ketgani alohida ta’kidlandi.

Taqdimot davomida mutaxassislar va mas’ul idoralar tomonidan shunday turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish vaqti kelgani qayd etildi. Xususan, axborot texnologiyalari sohasida sodir etilayotgan jinoyatlar hamda ko‘plab fuqarolarni moliyaviy zararga uchratayotgan “moliyaviy piramida” kabi sxemalarga qarshi jazo choralarini qat’iylashtirish taklif qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Takliflarga ko‘ra, o‘z nomiga rasmiylashtirilgan elektron to‘lov vositalari, kriptohamyonlar, SIM-kartalar yoki turli elektron akkauntlardan kiberjinoyat sodir etishda foydalanilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu orqali raqamli vositalardan foydalanishda fuqarolarning shaxsiy nazorati va mas’uliyatini oshirish maqsad qilingan.

Bundan tashqari, yuridik shaxslar tomonidan axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaslik holatlari uchun ham ma’muriy javobgarlikni belgilash taklif etildi. Chunki raqamli xizmatlar kengayib borayotgan bir paytda ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash dolzarb vazifaga aylanmoqda.

Ayniqsa, masofaviy moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bank tizimida xavfsizlik choralarini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda uchta bank tizimidagi texnik zaifliklar tufayli 3025 nafar mijozga 17 milliard so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Shu nuqtayi nazardan, tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari hamda to‘lov tashkilotlari axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya qilmagani oqibatida sodir etilgan kiberjinoyatlar natijasida yuzaga kelgan moddiy zarar uchun javobgar bo‘lishini qonunan mustahkamlash tashabbusi ilgari surildi.

Mutaxassislar fikricha, bunday choralar raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanayotgan sharoitda fuqarolarning moliyaviy xavfsizligini ta’minlash, internet orqali sodir etiladigan jinoyatlarni keskin kamaytirish hamda jamiyatda ishonchli raqamli muhit yaratishga xizmat qiladi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

O‘zbekiston

» Kiberjinoyatlar avj olmoqda: jazo choralarini kuchaytirish taklif etildi

So’nggi yangiliklar

Isroil Bayrut markaziga havo hujumlarini amalga oshirdi

Bugun, 11:26

Eron urushi sabab Hindiston iqtisodiy inqiroz yoqasida

Bugun, 11:16

Larijoniy: Urushni tvitlar bilan yutib bo‘lmaydi

Bugun, 11:07