O‘zgidromet 15–22 mart kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Ma’lumotga ko‘ra, mamlakat hududlarida asosan o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi, ayrim kunlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston
va
Xorazm
viloyatlarida 21–22 mart kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol sharqiy yo‘nalishdan esib, keyin g‘arbga o‘zgarib 7–12 m/s tezlikda bo‘ladi, ayrim kunlari 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi ayrim kunlari 3 daraja sovuqdan 7 daraja iliqqacha, kunduzi esa 10–17 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Buxoro
va
Navoiy
viloyatlarida asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 hamda 21–22 mart kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 8–13 daraja iliq, kunduzi 17–22 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax
va
Samarqand viloyatlari
da ham ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim kunlarda yomg‘ir kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2–10 daraja iliq, kunduzi esa 14–22 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Qashqadaryo
va
Surxondaryo
viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 7–15 daraja iliq, kunduzi 20–25 daraja iliqqa qadar ko‘tariladi.
Andijon, Namangan
va
Farg‘ona
viloyatlarida esa asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 hamda 21–22 mart kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 17–22 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi
va
tog‘li hududlar
da vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 5–15 daraja iliq atrofida saqlanishi kutilmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» Kelasi hafta bizni qanday ob-havo kutmoqda?
So’nggi yangiliklar
Osiyoning eng qimmat futbolchilari reytingida Husanov yetakchilik qilmoqda
Bugun, 11:58
Bugun ham metan “zapravka”lari cheklangan rejimda ishlaydi
Bugun, 11:53
16 mart oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi
Bugun, 11:16
