in

Ilk bor o‘zbek qiz Britain's Got Talent tanlovida ishtirok etdi

Angliyaning Blekpul shahrida bo‘lib o‘tgan dunyoga mashhur “Britain’s Got Talent” ko‘rsatuvining saralash bosqichida ilk marotaba O‘zbekiston nomidan 11 yoshli Yasmina Husniddinova ishtirok etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Yasmina Husniddinova Toshkent shahridagi 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining estrada vokali yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinf o‘quvchisi hisoblanadi. U hakamlar hay’atidan 4 ta “ha” javobini olib, muvaffaqiyatli tarzda keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

Yosh xonanda o‘z chiqishida “The Greatest Showman” filmidagi mashhur “Never Enough” qo‘shig‘ini ijro etdi va tomoshabinlar hamda hakamlarda katta taassurot qoldirdi.

Yana bir hakam Alesha esa Yasmina ijrosidagi past va baland ovozlar o‘rtasidagi farq juda yoqqanini, bu tanlov juda o‘rinli bo‘lganini, chunki ijro bir vaqtning o‘zida ham nafis, ham kuchli ta’sirga ega bo‘lganini bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Yasmina Husniddinova avval ham bir qator nufuzli xalqaro tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan. Jumladan, u Belarusda bo‘lib o‘tgan “Slavyanskiy bazar – Vitebsk 2024” festivalida Gran-prini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Italiyada tashkil etilgan “San Junior” xalqaro tanlovida ishtirok etib, 25 ta davlat vakillari orasida ham Gran-pri sohibi bo‘lgan.

Bundan tashqari, u Prezident tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Yoshlar ovozi – Bo‘zatov FЕST” respublika tanlovining 2024 yilgi g‘olibi sifatida ham e’tirof etilgan.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

O‘zbekiston

» Ilk bor o‘zbek qiz Britain’s Got Talent tanlovida ishtirok etdi

So’nggi yangiliklar

26 mart oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

Bugun, 11:49

Didiye Desham Fransiya termasidagi o‘rinbosar haqida norozi fikr bildirdi

Bugun, 10:55

Milliardlab dollarlik investitsiyalar: yangi iqtisodiy imkoniyatlar eshigi

Bugun, 10:48