O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi me’yorlar joriy etildi. Endilikda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mos shart-sharoitlar yaratish masalasi alohida va majburiy bo‘lim sifatida aks ettirilishi shart. Agar bunday talabga rioya qilinmasdan, ekspert tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa berilsa, bu holat ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, ushbu turdagi qonunbuzarlik uchun aybdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 70 baravarigacha jarima solinishi belgilandi. Bu me’yor shahar infratuzilmasini barcha aholi qatlamlari uchun ochiq va qulay qilishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning hududiy bo‘linmalari, “Inson” markazlari hamda Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki ular qo‘yayotgan talablarni bajarmaslik ham javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday holatda fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima qo‘llanishi nazarda tutilgan.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun qonunlarda belgilangan imtiyozlar va kafolatlarni ta’minlamaslik ham jazosiz qolmaydi. Bu turdagi qoidabuzarlik uchun mansabdor shaxslar va xizmatchilarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilandi.
Yana bir muhim yangilikka ko‘ra, Ijtimoiy himoya yagona reestri yoki Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oila a’zolariga homiy tashkilotlar tomonidan soliq davri mobaynida to‘g‘ridan to‘g‘ri pul ko‘rinishida berilgan xayriya mablag‘lari (BHMning 100 baravarigacha) daromad solig‘idan ozod etildi. Bu qaror ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashda homiylik faolligini oshirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar va bolalar manfaatlarini himoya qiluvchi jamoat birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda davlat boji amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
Shu bilan birga, ayrim qonunlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish maqsadida ma’lumotlarga ishlov berish vakolatini berishni nazarda tutuvchi qoidalar ham kiritildi. Bu o‘zgarishlar ijtimoiy himoya tizimini yanada samarali, ochiq va inson manfaatlariga yo‘naltirilgan holda tashkil etishga xizmat qiladi.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=”+new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
