O‘zgidromet e’lon qilishiga ko‘ra, 27 mart kuni mamlakat bo‘yicha kuzatiladigan ob-havo e’tiborga molik bo‘ladi.
Toshkent shahrida havo ozgina o‘zgaruvchan bo‘lib, yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja iliq, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo ham o‘zgaruvchan, yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo ozgina o‘zgaruvchan bo‘lib, yomg‘ir ko‘zda tutilmagan. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada havo o‘zgaruvchan, yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo ham o‘zgaruvchan, kechasi ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» Ertaga havo 32 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
So’nggi yangiliklar
Jarqo'rg'on tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun, 11:39
Putin biznes vakillaridan urush uchun ixtiyoriy moliyaviy yordam so‘radi
Bugun, 11:33
O‘rtoqlik o‘yini. Fransiya Braziliyani mag‘lubiyatga uchratdi
Bugun, 11:11
