in

Dam olish kunlari qanday ob-havo boʻlishi ma'lum qilindi

Dam olish kunlari respublikadan sovuq havo massalari chekina boshlaydi, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet” matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 24 yanvar, juma kuni butun respublika boʻylab havo harorati koʻtarilishi fonida quyoshli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. 25 yanvar, shanba kuni kechasi havo harorati 2-7 daraja sovuq oraligʻida saqlanib, kunduzi 7-12 daraja iliqqacha koʻtarila boshlaydi, yakshanba kuni esa kechasi havo harorati 2 daraja sovuq 3 daraja iliqqacha, kunduzi 9-14 daraja iliqqacha koʻtariladi.

24—25 yanvarda bazi joylarda shamol 13-18 metr/sekundgacha tezlikda esadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining toʻgli hududlarida qor koʻchishi xavfi mavjud.

Toshkentda dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shanba kuni havo harorati kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq boʻladi. Yakshanba kuni havo harorati kechasi 0-2 daraja iliqqacha, kunduzi 11-13 daraja iliqqacha koʻtariladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Mavzuga oid yangiliklar