O‘zbekiston hukumati dafn etish jarayonlarini tubdan yangilash va sohada shaffof nazorat o‘rnatishga qaratilgan muhim qaror qabul qildi. «Dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish hamda sohada samarali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga ko‘ra, mamlakatda dafn ishlari bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi.
Yangi elektron xizmatlar joriy etiladi
Qaror asosida vafot etgan shaxsni dafn etishga ruxsat berish, ro‘yxatga olish va ushbu jarayonlarni monitoring qilish elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu o‘zgarishlar orqali hujjatlashtirish jarayonlari tezlashadi, inson omili kamayadi va ma’lumotlar yagona bazaga jamlanadi.
2026 yil 1 iyunga qadar «FHDYO yagona elektron arxivi» tizimida maxsus modul — «Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish yagona elektron daftari» va uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi. Ushbu modul orqali qabristonlar, ruxsatnomalar va dafn bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar elektron tarzda yuritiladi.
QR-kodli ma’lumotnoma avtomatik yuboriladi
2026 yil 1 martdan boshlab, vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgan zahoti uning yaqin qarindoshlariga — eri (xotini), ota-onasi yoki farzandlariga My.gov.uz shaxsiy kabinetlari orqali avtomatik ravishda QR-kodli ma’lumotnoma yuboriladi.
Bu hujjat rasmiy gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi va qo‘shimcha qag‘ozbozlikni butunlay kamaytiradi.
Toshkentda eksperimental tartib joriy etiladi
2026 yil 1 iyuldan 31 dekabrgacha poytaxt Toshkentda pilot loyiha sifatida dafn ishlarini elektron tarzda yuritishning yangi tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Unga ko‘ra:
— qabriston mudiri dafnga ruxsatni faqat maxsus elektron modul yoki mobil ilova orqali beradi;
— dafn ishlarini qog‘oz shaklida ro‘yxatga olish amaliyoti to‘liq bekor qilinadi.
O‘zgarishlardan kutilgan samara
Hukumat qarori sohada tartib-intizomni kuchaytirish, korrupsiya xavfini kamaytirish va dafn xizmatlarini shaffoflashtirishga qaratilgan. Elektron tizimning joriy etilishi aholi uchun qulaylik yaratadi, zarur ma’lumotlarni tez olish va davlat xizmatlarini avtomatlashtirish imkonini oshiradi.
Yangi tartib amaliyotga to‘liq joriy etilgandan keyin, mamlakat bo‘ylab dafn xizmati sohasida yagona standart va zamonaviy nazorat tizimi shakllanishi kutilmoqda.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=”+new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
