Toshkent shahar FVV matbuot xizmati xabar berishicha, joriy yilning 13-yanvar kuni soat 13:53 da Chilonzor tumanidagi Kichik halqa yoʻli koʻchasida joylashgan goʻzallik salonida yongʻin chiqqanligi haqida xabar kelib tushgan.
Hodisa joyiga 9 daqiqada etib kelgan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari zudlik bilan yongʻinni oʻchirishga kirishgan. Qisqa fursat ichida yongʻin lokallashtirilib, soat 14:10 da toʻliq bartaraf etilgan.
Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Yongʻinning kelib chiqish sabablari hozirda oʻrganilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqandda sifatsiz alkogol iste’moli sabab 5 kishi halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar