Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash va uni me’yoriy darajaga keltirish ishlari davom etmoqda. Shu sababli ayrim hududlarda tabiiy gaz ta’minotini barqaror saqlash bo‘yicha vaqtinchalik choralar ko‘rilmoqda.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, gaz bosimining pastligi sharoitida birinchi navbatda aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.
Shu bois bugun metan yoqilg‘i quyish shoxobchalari asosan ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalari va jamoat transportlari uchun faoliyat yuritadi. Bu choralar gaz ta’minotini barqarorlashtirish va muhim obyektlarni uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan.
Shuningdek, birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hamda suyultirilgan gaz (propan) hajmi oshirilgani ma’lum qilindi. Mutasaddilar xususiy yoqilg‘i quyish shoxobchalari egalarini narxlarni sun’iy ravishda oshirmaslikka chaqirib, narxlar ustidan nazorat kuchaytirilganini ta’kidladi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» Bugun “metan” zapravkalari faqat ijtimoiy soha va jamoat transportiga xizmat qiladi
So’nggi yangiliklar
Isroil Bayrut markaziga havo hujumlarini amalga oshirdi
Bugun, 11:26
Eron urushi sabab Hindiston iqtisodiy inqiroz yoqasida
Bugun, 11:16
Larijoniy: Urushni tvitlar bilan yutib bo‘lmaydi
Bugun, 11:07
