“O‘zgidromet” 27 noyabr, chorshanba kuni kuzatiladigan
ob-havo
to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra:
Toshkent shahrida
havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +4…+6, kunduzi +18…+20 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida
havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0…+5, kunduzi +10…+15 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida
havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5…+10, kunduzi +17…+22; cho‘l hududlarda kechasi 0…+5, kunduzi +10…+15 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida
havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2…+7, kunduzi +15…+20 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida
havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7…+12, kunduzi +17…+22 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida
havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0…+5, kunduzi +10…+15 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida
havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0…+5, kunduzi +7…+12 daraja bo‘ladi.