in

23 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo prognozi ma’lum qilindi

O‘zgidromet ertaga, 23 dekabr kuni kuzatiladigan

ob-havo

prognozlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –5…–7 daraja, kunduzi +2…+4 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –7…–12 daraja, kunduzi –3…+2 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –5…–10 daraja, kunduzi 0…+5 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –5…–10 daraja, kunduzi 0…+5 daraja, ba’zi joylarda –2 darajagacha bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2…–7 daraja, kunduzi +3…+8 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –5…–10 daraja, kunduzi –3…+2 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Toshkent viloyatida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –8…–13 daraja, kunduzi 0…–5 daraja bo‘ladi.