in

22 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

O‘zgidromet 22 dekabr, yakshanba kuni kuzatiladigan

ob-havo

to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5…-7, kunduzi +1…+3 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -7…-12, kunduzi -3…+2 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyatida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5…-10, kunduzi 0…+5 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3…-8, kunduzi +2…+7 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5…-10, kunduzi 0…+5, ba’zi joylarda -2 darajagacha bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0…-5, kunduzi +3…+8 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5…-10, kunduzi -3…+2 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -10…-15, kunduzi 0…-5 daraja bo‘ladi.