O‘zbekistonda oila qurishni 21 yoshga yetgan shaxslar o‘rtasida tuzishni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi. Bu tashabbuslar 3 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha yangi takliflar qatorida qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha, erta nikoh, erta yoshdagi tug‘uruq hamda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish oila institutini mustahkamlash va jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishning muhim yo‘nalishi sifatida doimiy e’tiborda. Shu maqsadda idoralararo kengash tashkil etilib, amaliy takliflarni tez fursatda ishlab chiqish topshirildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda nikohlarning 40 foizi 18–19 yoshdagilar o‘rtasida tuziladi. Biroq xalqaro tashkilotlar tavsiyasida eng maqbul nikoh yoshi 21 yosh ekani, bu yoshdagi shaxslar odatda moliyaviy mustaqillikka yetib, oila qurishga har tomonlama tayyor bo‘lishi ta’kidlangan. Shu asosda quyidagi tashabbuslar ilgari surildi:
– nikohni 21 yoshga yetganlar o‘rtasida tuzilishini qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali rag‘batlantirish;
– davlat bojidan imtiyozlar berish yo‘li bilan nikoh shartnomasi tuzilishini rag‘batlantirish;
– nikoh yoshi qonunchiligini buzganlik uchun jarimaning 15 foizini holat haqida xabar berganlarga berish orqali erta nikohlarni aniqlash samaradorligini oshirish;
– erta nikoh va 16 yoshgacha homiladorlik holatlari haqida IIO va “Inson” markazlariga xabar berish bo‘yicha idoralararo zanjirni yo‘lga qo‘yish, xabar bermaslik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash;
– homilador yoki 3 yoshgacha farzand tarbiyasi bilan band talaba qizlarga ta’limni davom ettirish imkonini berib, o‘qishdan tushib qolishining oldini olish.
Davlat rahbari tashabbuslarni ma’qullab, tegishli farmonga imzo chekkan hamda yangiliklarni jamoatchilik orasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq bergan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» 21 yoshdan keyin tuzilgan nikohlarga qo‘shimcha yordam joriy etildi
So’nggi yangiliklar
Ulug‘bek Yulchiyevning “Telbaday” taronasi muxlislarni hayratda qoldirdi (audio)
Bugun, 12:00
Qatarda Eron josuslari qo‘lga olindi: Al-Udayd bazasi o‘qqa tutildi
Bugun, 11:35
