in

2026 yil uchun zakot, fitr va fidya e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi tomonidan milodiy 2026 / hijriy 1447 yil Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi hamda fidya miqdorlari bo‘yicha rasmiy qaror qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, joriy Ramazon oyi uchun

zakot nisobi

585 probali taxminan 85 gramm oltin qiymatiga teng — 100 million so‘m etib belgilandi. Shu miqdorda pul mablag‘i, tijorat moli yoki oltinga ega bo‘lgan shaxs jami boyligining 2,5 foizini zakot sifatida ehtiyojmandlarga berishga majbur hisoblanadi.

Shuningdek,

fitr sadaqasi

quyidagi miqdorlarda belgilab qo‘yildi:

taxminan 2 kg bug‘doy yoki qiymati — 10 000 so‘m;

taxminan 2 kg bug‘doy uni yoki qiymati — 12 000 so‘m;

taxminan 4 kg arpa yoki qiymati — 20 000 so‘m;

taxminan 2 kg mayiz yoki qiymati — 110 000 so‘m;

taxminan 4 kg xurmo yoki qiymati — 200 000 so‘m.

Fuqarolar ushbu besh mahsulotdan istalgan birini yoki uning puldagi qiymatini fitr sadaqasi niyatida ehtiyojmandlarga berishi mumkin. Fitr sadaqasini Ramazon oyi davomida, hayit namozi o‘qilgunga qadar ado etish lozim.

Ma’lum qilinishicha,

bir kunlik fidya miqdori

ham fitr sadaqasi miqdoriga teng bo‘ladi. Ya’ni, har kim o‘z imkoniyatidan kelib chiqib, yuqoridagi besh mahsulotdan biri yoki uning qiymatini fidya sifatida berishi mumkin.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

O‘zbekiston

» 2026 yil uchun zakot, fitr va fidya e’lon qilindi

So’nggi yangiliklar

Toshkent shahrida noqonuniy transplantatsiya "sxema"si fosh etildi…

Bugun, 11:55

Kapello Ronaldu nega hech qachon Messi darajasiga chiqmasligini aytdi

Bugun, 11:55

19 fevral uchun dollar kursi pasayishi kutilmoqda