2025 yilda turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga jami 11,7 million chet el fuqarosi tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, oʻtgan yil davomida Oʻzbekistonga 200 ta davlatdan sayyohlar kelgan. Eng qizigʻi — jins boʻyicha raqamlar erkaklar foydasiga “ogʻirroq” chiqqan:
erkaklar: 6 404 283 nafar
ayollar: 5 275 345 nafar
Farq — 1 128 938 nafar. Yaʼni 2025da turistlar orasida erkaklar soni ayollardan sezilarli koʻp boʻlgan.
Yosh toifalari boʻyicha esa asosiy “oqim” oʻrta yoshlarga toʻgʻri kelgan:
0–18 yosh: 1 479 729 nafar
19–30 yosh: 1 924 358 nafar
31–55 yosh: 5 923 793 nafar
56 yosh va undan katta: 2 351 748 nafar
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
O‘zbekiston
» 2025 yilda O‘zbekistonga erkak turistlar ko‘proq kelganmi yoki ayollar?
So’nggi yangiliklar
Martynovich Haverts bilan maydondagi kulgili suhbatini esladi
Bugun, 11:32
Imomali Rahmon vafot etdimi? Ijtimoiy tarmoqlarda mish-mishlar
Bugun, 11:31
Shanxayda yer taxminan 10–20 metr o‘pirildi
