in

18 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot

O‘zgidromet 18 dekabr, chorshanba kuni kuzatiladigan

ob-havo

to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2…-4, kunduzi +5…+7 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida

havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -5…-10, kunduzi +4…+9 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyatida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -3…+2, kunduzi +4…+9 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -3…+2, cho‘l hududlarda -3…-8, kunduzi +2…+7 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0…-5, ba’zi joylarda -7…-10, kunduzi +2…+7 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3…+2, kunduzi +6…+11 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5…-10, kunduzi 0…+5 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida

havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2…-7, kunduzi 0…+5 daraja bo‘ladi.