in

17 dekabrda qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

“O‘zgidromet” 17 dekabr, seshanba kuni uchun

ob-havo

ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida

havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 daraja sovuq, kunduzi 1 daraja sovuq 1 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida

havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida

havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida

havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida

havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, ba’zi joylarda 10 daraja sovuqqacha, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida

havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida

havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja sovuq bo‘ladi.

O‘zbekiston hududiga 15 dekabrda shimoli-g‘arbdan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi boshlandi, qator hududlarda qor yog‘di. 16 dekabrda faqat Farg‘ona vodiysi ba’zi joylarida bir oz qor yog‘ishi prognoz qilindi.