2026 yildan O‘zbekistonda korxonalar uchun dronlar bilan ishlash ancha “ochiq rejim”ga o‘tishi kutilmoqda. 2026 davlat dasturi bo‘yicha qabul qilingan prezident farmoni doirasida fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish uskunalaridan foydalanish tartibi liberallashtiriladi.
Eng katta o‘zgarish —
yuridik shaxslarga dronlarni import qilish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish
huquqi berilishi. Dronlar, ehtiyot qismlar, sotuv va servis xizmatlari ham tizimli yo‘lga qo‘yiladi, lekin hammasi
litsenziya va sertifikatlar
asosida bo‘ladi — ya’ni “olib keldim, uchirdim” emas, qoidasi bilan.
Xavfsizlik tomoni ham unutilmaydi: mamlakat havo hududi
“yashil”, “sariq”, “qizil” zonalar
ga ajratilib, qayerda va qanday sharoitda uchirish mumkinligi aniq belgilanishi rejalashtirilgan. Parvozlarni kuzatish va nazorat qilish uchun
yagona avtomatlashtirilgan raqamli infratuzilma
ham joriy etiladi.
Shu bilan birga, dron operatorlari uchun
o‘qitish
va
maxsus guvohnoma/litsenziya
berish mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu yo‘nalishda Mudofaa, Transport va Raqamli texnologiyalar vazirliklari hamda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga 2026 yil iyunigacha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgani aytiladi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Texno
» Yuridik shaxslarga dronlar endi rasman ruxsat beriladimi?
So’nggi yangiliklar
Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan muhim iltimos bilan chiqdi
Bugun, 12:06
Argentina futboli rahbari korrupsiya ishida so'roqqa chaqirildi
Bugun, 12:00
AQSH o‘zbekistonlik ayrim shaxslarga nisbatan viza cheklovi joriy etdi
