in

Yangi iPhone 17e'ni O‘zbekistonda qanday buyurtma qilsa bo‘ladi?

Apple hamyonbop iPhone 17e modelini taqdim etdi va u kompaniyaning eng arzon smartfonlaridan biriga aylandi. Yangi qurilma qora, oq va och pushti ranglarda chiqadi: 256 GB versiya 599 dollardan, 512 GB esa 799 dollardan boshlanadi. Oldindan buyurtmalar 4 martdan qabul qilinadi, rasmiy sotuvlar 11 martdan start oladi.

Eng katta yangilik — iPhone 17e MagSafe magnitli tizimini qo‘llab-quvvatlaydi (iPhone 16e’da yo‘q edi). Apple ma’lumotiga ko‘ra, telefon bir marta quvvatlanganda 26 soatgacha ishlay oladi, taxminan 30 daqiqada 50% quvvat olishi mumkin.

O‘zbekistondan buyurtma qilish tartibi qisqacha

 1. Kargo tanlang: Meest Uzbekistan, Globbing, Polar Express kabi xizmatlarda ro‘yxatdan o‘ting.

Kichik layfxak: shaxsiy manzilni Delaware’dan tanlasangiz, Sales Tax 0% bo‘ladi va 50–60 dollarcha tejash mumkin.

 2. Xarid qiling: Apple Official Store yoki Amazon.com’dan oling.

Muhim: iPhone Unlocked bo‘lishi shart. Shipping Address’ga kargodan olgan AQSH manzilingizni kiritasiz.

 3. Deklaratsiya qiling: kargo saytida “Add parcel” orqali tracking number, mahsulot nomi (iPhone 17e) va narxini ($599) kiritib, invoice’ni PDF qilib yuklaysiz.

 4. Bojxona to‘lovi: 2025 yil 1 maydan bojsiz limit 200 dollar. 599 dollarlik telefonda farq $399 bo‘ladi va 30% yagona boj — $119.70.

Qo‘shimcha bojxona rasmiylashtiruv yig‘imi taxminan 103 000 so‘m.

 5. UZIMEI: UZIMEI.uz’da IMEI kiritasiz, ma’lumotlarni to‘ldirib, davlat bojini (103 000 so‘m) to‘laysiz.

Jami taxminiy hisob (256 GB)

– Smartfon: $599

– Yetkazish: $20

– Bojxona to‘lovi: ~$120

– Bojxona yig‘imi: ~$9

– UZIMEI: ~$8

Jami: taxminan $756 atrofida.

Ayni paytda Toshkentdagi “Malika” savdo majmuasida iPhone 17e sotuvlari aprel oyidan boshlanishi kutilmoqda, narxi esa taxminan 800 dollar atrofida bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Texno

» Yangi iPhone 17e’ni O‘zbekistonda qanday buyurtma qilsa bo‘ladi?

So’nggi yangiliklar

Ulug‘bek Yulchiyevning “Telbaday” taronasi muxlislarni hayratda qoldirdi (audio)

Bugun, 12:00

Qatarda Eron josuslari qo‘lga olindi: Al-Udayd bazasi o‘qqa tutildi

Bugun, 11:35